Bosch Group
Bizning faoliyatimiz quyidagi to'rt bo'limdan iborat: mobil yechimlar, sanoat texnologiyalari, iste'mol tovarlari, energetika va qurilish. Bosch kompaniyasi – buyumlar interneti sohasi yetakchichi – intellektual uylar, aqlli shaharlar, tarmoq mobil qurilmalari va tarmoqli korxonalar uchun innovatsion yechimlar taklif etadi. Sensorlar, dasturiy ta'minot, xizmatlarni ishlab chiqish bo'yicha katta tajribaga va shuningdek, bulutli IoT yechimlariga asoslangan o'z biznesi doirasida kompaniya yagona manbadan kross-domenli yechimlarini taklif qiladi. Bosch Group kompaniyasining strategik maqsadi "tarmoq turmush tarzi"ni amalga oshirish uchun innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va yetkazib berishdan iborat. Samimiy zavq-shavq uyg'otuvchi innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni taklif qilar ekan, Bosch butun dunyo insonlari hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Qisqacha aytganda, Bosch "hayot uchun yaratilgan" texnologiyalarni taklif etadi.
Bosch guruhi haqida qisqacha ma'lumot
Biznes uchun imtiyozlar, xodimlar, joylar - bir qarashda asosiy ko'rsatkichlar va brendlar
Bosch bilan bog'laning
sizning so'rovingizni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz!